09 sen 20:06
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohjahon Ergashevning 21 sentyabr kungi jangi uchun rasmiy poster namoyish etildi + FOTO
Professional bokschimiz SHohjahon Ergashevning navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni o'tkazishi haqida xabar bergandik.
Ergashev prof ringdagi 19-jangida belaruslik Dmitriy Miliushaga qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jang birinchi yarim o'rta vazn toifasida o'tkaziladi. "Koroli nokautov" nomli professional boks kechasi Sankt-Peterburg shahridagi "Azimut Otel"da bo'lib o'tadi. Bugun ushbu jangning rasmiy posteri elon qilindi.
Malumot uchun, SHohjahonErgashev shu kungacha prof ringda 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (16ta nokaut). Miliusha esa 13 marotaba jang qilgan va ularning 9tasida g'olib bo'lgan (4ta nokaut). 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan (2ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar