23 noy 09:30
Yangiliklar

SHohjahon Ergashevning ehtimoliy raqibi malum
SHohjahon Ergashev (20-0, 18 KO) shu kuni "ZO`R TV" pavilonida tashkil etiladigan professional boks kechasining markaziy jangida ringga ko'tarildi. Ushbu oqshom bevosita jonli efirda "ZO`R TV" telekanalida translyaciya qilinadi.
Katta ehtimol bilan SHohjahonning raqibi Janubiy Afrika Respublikasi bokschisi Princ Dlomo (26-11-1) bo'ladi. Dlomo prof ringda 26 ta jang o'tkazgan bo'lib, 14 g'alaba, 11 mag'lubiyat va 1 ta durang natija qayd etgan. Raqiblarini 5 ta jangda nokautga uchratgan, o'zi ham 3 bor shunday vaziyatga tushib qolgan.
SHohjahon Ergashev bo'lajak jangiga amerikalik murabbiy Emanuel Styuard qo'l ostida Toshkentda tayyorgarlik ko'ryapti. Princ Dlomo oxirgi jangni shu yilning 13 noyabr kuni Rossiyaning Novosibirsk shahrida belaruslik Daugalyavecga qarshi o'tkazib, imkoniyatni boy bergandi. Tez orada SHohjahonning raqibi haqida rasmiy malumot elon qilinadi.
Fikrlar