08 sen 20:39
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashevning navbatdagi raqibi aniq bo'ldi
Avvalroq professional bokschimiz SHohjahon Ergashev navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Bugun Ergashevga o'sha kuni kim raqiblik qilishi aniq bo'ldi. Unga ko'ra SHohjahon Sankt-Peterburgdagi boks oqshomida belaruslik Dmitriy Miliushaga qarshi ringga ko'tariladi.
Malumot uchun, SHohjahon shu kungacha prof ringda 18 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan (16ta nokaut). Miliusha esa 13 marotaba jang qilgan va ularning 9tasida g'olib bo'lgan (4ta nokaut). 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan (2ta nokaut) va 1 ta durang qayd etgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Иккинчидан:Шохжахон ким билан жанг килса хам Узб байроги остида ва доим дуппи кийиб рингга кутарилади.Ва жанглари хам кизик шоубоп жуда зур.Омад тилаб коламиз.