15 avg 09:02
Yangiliklar
Taekvondo
SHokin: "O'tgan safar bir ochko etmay qolgandi, bu safar oltin uchun qo'ldan kelgan barcha ishni qilaman"
Bir necha kundan so'ng start oladigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etuvchi sportchilarimizning fikrlarini etiboringizga taqdim etamiz.
Dmitriy SHokin (taekvondo):
"Jakartadagi Osiyo o'yinlari men uchun ikkinchisi bo'ladi. Incheondagi musobaqada terma jamoamiz hisobiga oltin medal qo'shib qo'yish uchun bir ochko etmay qolgandi. Yakunda, kumush medal bilan kifoyalangandim. Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Bu safar g'olib bo'lish uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu oilam, terma jamoamiz va vatanimiz uchun juda muhim. Fursatdan foydalanib, sportchilarimizga birinchi navbatda sog'lik, kuch va mashg'ulotlarda sabr tilayman. Osiyo o'yinlarida g'alabalarimiz ko'p bo'lsin. Olg'a, O'zbekiston!", - dedi SHokin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar