21 sen 14:01
Yangiliklar

SHon O'Melli Petr Yan bilan jangga tayyorgarligi haqida gapirdi
"Men hech qachon raqiblarimning janglarini kuzatmaganman. Faqatgina bir marta Munoz bilan jangimdan avval, uning Kruzga qarshi jangini tomosha qilgan edim. Lekin Yan bilan jangdan avval ko'proq axborotlar to'playapman. Bu borada unchalik chuqurlashmayman, ammo o'zimga yuborilgan bir qancha axborotlarni kuzatib chiqaman. Sparring hamkorlarim ham kuchli. Hozirda britaniyalik Markus va Jek bilan shug'ullanyapman. Ular yaqindagina uchib keldi, biz bilan yig'in ohirigacha birga bo'lishadi. Jek tezkor, yaxshi boks tushadi. Markus esa "stoyka"da yaxshi ishlaydi, raqiblariga huddi Petr Yandek pressing qiladi", - deya O'Mellining so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
SHon O'Melli va Petr Yan o'rtasidagi jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Fikrlar