23 iyu 17:15
Yangiliklar
SHon O'Melli: "Petr Yanning olovini o'chiraman"
“Atrofdagilar Petrning ancha kuchli ekanini, uning kichik rus qotili ekani va shunga o'xshash narsalarni aytishadi. Menimcha, ular haq. Buni birinchilardan bo'lib tan olaman. Petr haqiqatan ham kuchli. Ammo men 11 yil davomida shunday daqiqalar uchun mashq qildim. Men superyulduz bo'lishni xohlayman, bu kabi daqiqalar superyulduzlarni yaratadi. Men Abu-Dabiga borib, 22 oktyabr kuni Petrning olovini o'chiraman – superyulduzlar shu tarzda tug'iladi.
Petr Yan aytilganida, taklifni bir necha soniya ichida qabul qildim. Ular menga qo'ng'iroq qilib: "Hoy, bu haqda qanday fikrdasan?", - deyishdi. Va men: "Ha, men bu jangni xohlayman", - deb javob qaytardim", - deya O'Mellining so'zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o'tamiz, Petr Yan so'nggi bor 10 aprel kuni Aljemeyn Sterlingga qarshi jang qilgan edi. SHon esa oxirgi bor iyul oyining boshida, aniqrog'i, 3 iyul kuni Pedro Munozga qarshi jang qilgan edi.
Avvalroq, SHon va Petr ushbu jangga munosabat bildirishgan edi.
Fikrlar