So’nggi yangiliklar

17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0

01 okt 09:41
Yangiliklar

Boks/MMA

SHon O`Melli tarixdagi eng buyuk jangchini aytdi

Sobiq UFC chempioni, amerikalik aralash yakkakurash ustasi SHon O`Melli shu mavzuda berilgan savolga javob qaytardi.

Uning fikricha, UFC’ning P4P reytingida etakchilik qilayotgan va engil vazn toifasida amaldagi chempion bo'lib turgan Iliya Topuriya aralash yakkakurashlar tarixidagi eng yaxshi jangchi hisoblanar ekan. 

Bu haqda amerikalik o'z podkastining navbatdagi sonida aytib, Iliya Topuriya va Konor Makgregor o'rtasidagi jangni tashkilotning Oq uydagi bayram turnirining asosiy voqeasi sifatida belgilashni taklif qildi.

"Katta jangni xohlaysizmi? Iliya Konorga qarshi - mana sizga nima kerak! Konorning hozirgi seriyasi yaxshi emas, so'nggi beshta jangda u porlay olmadi, lekin agar sizga Oq uydagi asosiy voqea kerak bo'lsa - bu aynan o'sha jang.

Menimcha, bu jangda Iliya g'alaba qozonishi mumkin, garchi Konorni hech qachon hisobdan chiqarmaslik kerak bo'lsa ham. Ammo Iliya Topuriya bugungi kunda er yuzidagi eng buyuk jangchi hisoblanadi. Ha, vazn toifasidan qati nazar, eng buyuk jangchi. Hatto Jon Jonsdan ham balandda.

Oxirgi uchta jangda u Aleks Volkanovski, Maks Xollouey va CHarlz Oliveyrani nokautga uchratdi. U bu yigitlarni ochkolar bo'yicha yutmaydi, parterga o'tkazmaydi va ushlab turmaydi, ularni nokautga uchratadi. Bu juda zo'r", - dedi O`Melli.

Malumot uchun, UFC’ning Oq uydagi bayram turniri kelasi yilning iyun oyida bo'lib o'tadi va Amerika Mustaqilligining 250 yilligiga bag'ishlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing