27 okt 23:26
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/47585_220.jpg)
SHtirkov - Maldonado jangi bo'lib o'tdi FOTO
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida aralash qoidalar bo'yicha RCC4 turniri bo'lib o'tdi.
Hozirgina Russian Cagefighting Championship turnirining markaziy jangi yakunlandi. Unda rossiyalik Ivan SHtirkov sobiq Fight Night Global yo'nalishi chempioni Fabio Maldonadoga qarshi bahs olib bordi.
Jang muddatidan avval yakunlandi. Ikkinchi raundda SHtirkov raqibini parter holatiga tushirib oldi. Ketma-ket zarbalardan keyin esa referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. SHtirkov o'z hamshaharlari ko'z o'ngida ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi.
Havola :
Fikrlar