03 okt 09:04
Yangiliklar
Boks/MMA

"SHuning uchun imkoniyat berildi". Ankalaev nima uchun Pereyra bilan revanshga rozi bo'lganini aytdi
Yarim og'ir vazn toifasida UFC chempioni Magomed Ankalaev nega Aleks Pereyra bilan revanshga rozi bo'lganini aytdi.
Ularning jangi 5 oktyabr kuni Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan UFC 320 turnirida bo'lib o'tadi.
"Bu adolatdan. CHunki Aleks chempion bo'lgan va ularga (kamarni yo'qotgandan keyin ham) har doim yana imkoniyat beriladi. Qolaversa, boshqa talabgorlar ham yo'q edi. Biz raqib izladik, ammo kimdir maktab yoki universitetda o'qiydigan bo'lib qoldi (Proxazka nazarda tutilmoqda). SHu sabablar bilan birinchi himoya jangi uchun boshqa raqib topa olmadik", — dedi Ankalaev.
Havola :
Manba : UFC Eurasia
Fikrlar