So’nggi yangiliklar

16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0

08 jan 14:42
Yangiliklar

Qishki sport turlari

SHveycariyada qishki o'smirlar Olimpiadasi boshlanmoqda. Unda o'zbekistonlik sportchi ham ishtirok etadi

9-22 yanvar kunlari SHveycariyaning Lozanna shahrida navbatdagi qishki o'smirlar Olimpiadasi bo'lib o'tadi.

Uchinchi bor o'tkazilayotgan mazkur Olimpiya o'yinlarida 70 mamlakatdan tashrif buyuradigan 15-18 yosh oralig'idagi qishki sport turlarining bo'lajak yulduzlari ishtirok etishadi. Bu galgi musobaqada biatlon, chang'i poygasi, xokkey, tog' chang'isi, figurali uchish, chang'i ikki kurashi, short-trek kabi 16 sport turida 81 komplekt medallar jamlanmasi o'z egalariga topshiriladi. 

Lozanna-2020 Olimpiadasining ochilish marosimi suv sporti turlari, qilichbozlik va stol tennisi bo'yicha bazalarni ham o'z ichiga olgan yangi “Malley” muz arenasida bo'lib o'tadi. Ushbu arena zamonaviy jihozlangan asosiy, mashg'ulot va ochiq muz maydonlariga ham ega.

Musobadaqa Valeriya Kovalyova tog' chang'isi bo'yicha yurtimiz sharafini himoya qiladi. Takidlash joiz, ushbu yosh sportchimiz 10-15 yanvar kunlari slalom, gigant-slalom, super-gigant va Alp kombinaciyasi yo'nalishlari bo'yicha ishtirok etishi belgilangan. Hamyurtimiz ungacha tajribali murabbiy Andrey Voronov qo'l ostida hozirlik ko'radi.

O'smirlar qishki Olimpiadasida ishtirok etayotgan yurtdoshimizni qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekiston delegaciyasi ham Lozannaga tashrif buyurdi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bo'lajak musobaqada sportchimizga omad va zafarlar tilab qoladi.

Malumot uchun, Lozanna shahri rasman Olimpiya poytaxti deb ham yuritiladi. Zero, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi, shuningdek, bir qator xalqaro sport federaciyalarining shtab-kvartirasi aynan ushbu shaharda joylashgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing