17 mar 16:35
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Sinxron suzish bo'yicha Milliy olimpiya qo'mitasi sovrini uchun O'zbekiston chempionati davom etmoqda
Ayni paytda Toshkent shahridagi "Sahovat sport servis" suv sporti saroyida sinxron suzish bo'yicha MOQ sovrini uchun O'zbekiston chempionati bo'lib o'tmoqda. 
			O'zbekiston Milliy Olimpiya Qo'mitasi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan musobaqa joriy yilning avgust oyida Jakartada o'tkaziladigan XVIII yozgi Osiyo o'yinlariga sportchilarni saralash vazifasini o'taydi.
Musobaqa ishtirokchilari Solo Tech, Solo Free, Duet tech, Duet Free, Team Tech, Team Free yo'nalishlarida o'zaro kurash olib bormoqdalar. Eslatib o'tamiz, Indoneziyadagi yozgi Osiyo o'yinlariga sinxron suzish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi duet va jamoa dasturlarida ishtirok etishni rejalashtirgan.


            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar