So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

23 apr 15:18
Yangiliklar

Suv sporti turlari

Sinxron suzish. Sportchilarimiz FINA jahon seriyasidagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

Teglar :  Sinxron suzish
Kecha Xitoy poytaxti Pekin shahrida sinxron suzish bo'yicha jahon seriyasi bahslarining ikkinchi bosqichi yakunlandi.

Etiborlisi, unda ishtirok etgan terma jamoamiz azolari oltin va bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

Hamyurtimiz Xonzoda Toshxo'jaeva solo bo'yicha erkin chiqish yakunlariga ko'ra oltin medal sohibasiga aylandi. SHuningdek, jamoaviy bahslarda qizlarimiz erkin chiqishda bronza, «Highlight» doirasida birinchi o'rinni qo'la kiritdilar. Jamoaviy bahslarda yurtimiz sharafini Xonzoda Toshxo'jaeva, Anastasiya Ro'zmetova, Gulsanam Yuldasheva, Hurshida Hakimova, Alina Salieva, Anastasiya Morozeva, Anna Eltisheva, Mohira To'lqinova, Nozima To'lqinova, Nafisa SHomirzaeva va Nigora SHomansurovalar himoya qilishdi.

Sportchilarimiz ayni paytda mutloq yangi ko'rinishdagi dasturlar bilan ishtirok etishmoqda. Ushbu chiqishlar rossiyalik murabbiy Tatyana Xaytcer qo'l ostida amalga oshirilmoqda. SHuningdek, ushbu muvaffaqiyatlarda murabbiylar E.Fayzullaeva, A.Piontkovskaya va O.Bortnikovalarning xizmatlarini ham qayd etib o'tishimiz lozim.

Malumot uchun, FINA jahon seriyasi 10ta bosqichdan iborat bo'lib, ularning kamida to'rttasida ishtirok etish shart. To'plangan ochkolarga qarab, mamlakatlar reytingda o'rin egallaydilar. O'tgan yili O'zbekiston terma jamoasi dunyo reytingida uchinchi o'rinni egallagandi.

FINA Jahon seriyalarining barcha 10ta bosqichi:

1. Parij (Fraciya) shahrida 9-11 mart kunlari;
2. Pekin (Xitoy) shahrida 20-22 aprel kunlari;
3. Tokio (Yaponiya) shahrida 27-30 aprel kunlari;
4. Samorin (Slovakiya) shahrida 11-13 may kunlari;
5. Budapesht (Vengriya) shahrida 18-20 may kunlari ;
6. Madrid (Ispa niya) shahrida 25-27 may kunlari;
7. Surraey (Kanada) shahrida 31 may- 2 iyun kunlari;
8. Los-Anjeles (AQSH) shahrida 7-9 iyun kunlari;
9. Siros oroli (Greciya) 15-17 iyun kunlari;
10. Toshkent (O'zbekiston) shahrida 29 iyun – 1 iyul kunlari.

SHu yilning 29 iyun – 1 iyul kunlari poytaxtimiz Toshkent shahri ushbu jahon seriyasining so'nggi bosqichiga mezbonlik qiladi.

Sportchilarimiz endi 27-30 aprel kunlari Yaponiyada, 15-17 iyun kunlari Greciyada bo'lib o'tadigan va albatta poytaxtimiz mezbonlik qiladigan musobaqada ishtirok etadilar.

Ushbu musobaqalarda yig'ilgan reyting ballariga ko'ra, kuchli uchlikka kirgan mamlakat sportchilari Xalqaro suzish federaciyasi (FINA)ning mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing