So’nggi yangiliklar

09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0

03 okt 11:31
Yangiliklar

Dzyudo

Sirdaryoda “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi

Teglar :  DzyudoSirdaryo
Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo bo'yicha o'smirlar, yoshlar, qizlar va kattalar o'rtasida “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, viloyat dzyudo federaciyasi bilan hamkorlikda 1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Viloyat hokimi kubogi” musobaqasida viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 200 nafarga yaqin sportchi-yoshlar 10 ta vazn toifasida g'oliblik uchun tatamida bellashdilar.

Tantanali ochilish marosimida so'zga chiqqan viloyat hokimi G'.Mirzaev yurtimizda muhtaram Prezidentimiz boshchiligida jismoniy tarbiya va sportga berilayotgan etibor natijasida yoshlarimizning xalqaro sport maydonlarida olamshumul muvaffaqiyatlarga erishayotgani, birgina dzyudo sporti bilan minglab o'g'il-qizlar shug'ullanib, yuqori natijalarni qo'lga kiritayotganliklarini, shuningdek, sportchilarni dunyoning manaman degan sportchilari bilan bemalol bellasha oladigan etib tarbiyalashda murabbiylarning o'rni muhimligini takidlab, ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan alohida tabrikladi.

Qizg'in va murosasiz ruhda o'tgan dzyudo bahslari yakuniga ko'ra, umumjamoa hisobida 1-o'rin Sayxunobod tumani, 2-o'rin Guliston shahri va 3-o'rin Guliston tumani sportchilariga nasib etdi. G'olib va sovrindorlarga medal, diplom, kubok va pul mukofotlari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing