05 sen 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Siril Gan CHimaev - Diaz jangida kim favorit ekanini aytdi
Og'ir vazn toifasida franciyalik UFC jangchisi Siril Gan Xamzat CHimaev va Neyt Diaz o'rtasidagi jang haqida gapirdi.
Malumot uchun, Xamzat CHimaev va Neyt Diaz o'rtasidagi jang 11 sentyabr kuni UFC 279 turnirida bo'lib o'tadi.
"Bu jang Diaz uchun juda qiyin bo'lishi aniq. CHimaev yosh va hozir u faoliyatining cho'qqisida. Xamzat o'ziga nisbatan ko'proq ishonadi. Afsuski, Diaz endi avvalgidek emas. Uning faoliyati tugash arafasida. Balki, bu jang 5-6 yil avval tashkil etilganida boshqacha bo'lardi. Ammo, hozir Diazga qiyin bo'ladi. Men Neytni yaxshi ko'raman. Lekin ming afsuski, CHimaev uni mag'lub etadi", — dedi Gan MMA Pros Pickʼga bergan intervyusida.
Avvalroq, Edvardsning murabbiyi CHimaevga qarshi jang uchun shartni malum qilgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar