18 may 10:00
Yangiliklar
Siz bilgan va bilmagan Xabib Nurmagomedov haqida!
Bugun Xabib haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.
Xabib Abdulmanapovich Nurmagomedov - 1988 yilning 20 sentyabr kunida Dog'istonning Cumadin tumanida tug'ilgan. Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi. Laqabi: Burgut. UFCda engil vazn toifasida chempion.
Millati - avar. Sportchilar oilasidan. Otasi - Abdulmanap Nurmagomedov erkin kurash va sambo bo'yicha Ukraina chempioni. Otasining ukasi - Nurmagomed Nurmagomedov 1992 yilda sambo bo'yicha jahon chempioni. Onasi tomondan bobosi esa erkin kurash bo'yicha sport ustasi. Xabibning otasi nafaqat kurashchi, erkin kurashda murabbiy ham bo'lgan. Aynan u Xabibning ilk ustozi bo'lgan va yakkakurash bilan 5 yil davomida shug'ullantirgan.
"Eslayman, barcha vaqtim gilamda o'tardi", - deb eslaydi jangchi o'sha paytlarni. Uning o'zidan 1,5 yosh kichik Abubakar ismli ukasi bor. Ular yoshlikda birgalikda mashg'ulotlar olib borishgan (Abubakar ham professional jangchi, WSOF turnirlarida qatnashmoqda). 2001 yilda uning oilasi Mahachqalaga ko'chib bordi. U erda mashg'ulotlarni davom ettirdi. "Otam Mahachqaladagi 15ga yaqin qarindoshlarimizni bir joyga to'pladi. 7-8 oila azolarining barchasi bir tom ostida yashadik. Birga ovqatlanardik, birga shug'ullanardik va birga o'sdik", - deydi sportchi. Kimdir Xabibga qoidalarsiz jang videotasvirlarini ko'rsatdi va u o'zining yangi qirralarini ochishni istadi. Unga aynan oyoqda zarba berish texnikasi yoqib qoldi. Biroq shu bilan birga u kurashda shug'ullanishni ham davom ettirdi. O'sha vaqtda otasi yakkakurashni o'zgartirdi va o'g'lini jangovor sambo bilan mashg'ulot qildirdi. "Men ham shuni istadim, biroq u dastlab kurtkalarda mashg'ulot qilishimni xohladi va meni o'z do'sti? Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy, dzyudo bo'yicha murabbiy Jafar Jafarovning oldiga yubordi. Yarim yil davomida uning talimini oldim va 2005 yilda jangovor samboga o'tib ketdim" - dedi Xabib.
Ikki yil davomida u Rossiyada xizmat ko'rsatgan murabbiy Jafar Jafarov bilan shug'ullandi. Keyinchalik Xabib yana jangovor samboga qaytdi, uni yana otasi shug'ullantira boshladi.
XABIB NURMAGOMEDOV BOLALIGIDA (chap tomonda)
Xabibni to'lqinlantira olgan rossiyalik jangchi Fedor Emelyanenko. Nurmagomedov shunday derdi: "Jangovor sambo bilan shug'ullanishni boshlaganimda u barcha jangovor sport turlarida birinchi o'rinda edi. Uning o'zini tutishi, xarakteri menga namuna bo'lib xizmat qildi. U yutganda ham, yutqazganda ham o'zini tanxo tutardi. Unga o'xshashga intilganman. Fedor Emelyanenko - Rossiyadagi ushbu sportning rivojlanishiga turtki bergan inson. Hech qachon u haqida yomon gaplar eshitmaganman. Uning janglarini tomosha qilib katta bo'ldim. U qanday uradi, nokaut qiladi, natijalarga qanday erishadi, barchasini ko'rdim. Bunday jangchi va insonga har doim havas qildim".
Yakunda Xabib professional jangchiga aylandi. Bunda asosiy rolni otasi ijro etdi, u nafaqat murabbiyi bo'ldi, balki hayot yo'lidagi ustoziga ham aylandi. Xabibning aytishiga ko'ra, 19-20 yoshligida sportdan ketib, qo'riqlash agentiga ishga kirmoqchi bo'lgan. Biroq otasi unga shunday degandi: "Agarda qaerdadir ishlasang, sen sportchi emassan. Demak, sening boshqa ishing bor. Agarda sportchi bo'lishni istasang, shu bilan yasha. Sen erta turishing va mashg'ulotga borishing kerak. Senga shu kerak va men buni beraman. Senga yo'lkiraga va suvga pul kerak. Eyish uchun esa uyda mablag' etarlicha", - deb eslaydi.
SHundan keyin Xabib yana sportga qaytgan va jonini berib shug'ullanishda davom etgan. SHu orqali natijalar ham uzoq kuttirmadi. 2012 yilning 21 yanvar kunida Xabib Amerikaning UFC promoushenida ilk jangini o'tkazdi. Kamol SHalorus ga qarshi jang Xabibning g'alabasi bilan yakunlandi. 3-raundda Xabib Kamolni kerakli vaziyatda zarbalar bilan siyladi va raqib taslim bo'ldi. Amerikaliklar esa o'shandayoq Xabibdan katta sportchi chiqishini tushunib olishgandi.
"O'sha vaqtlarda 23 yosh edim. Ko'pchilik UFCning mavqei baland, meni esa yosh deb hisoblardi. Bu meni jahl otiga mindirardi va ishtiyoq berardi. To'rga chiqishimni va qanday mahoratga ega ekanligimni ko'rsatishimni sabrsizlik bilan kutardim", - deb eslaydi u UFCdagi debyutini.
2012 yilning 7 iyulida Xabib UFCdagi ikkini jangini ham o'tkazdi. O'sha kuni u UFC 148 turnirida TOP-15 jangchisi, engil vazndagi jahon chempioni, braziliyalik Gleyson Tibauga qarshi Las-Vegasda to'rga tushdi. Barcha uch raundni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan rossiyalik jangchi hakamlar qaroriga ko'ra g'alabaga erishdi. 2013 yilning 19 yanvarida jangchi Braziliyaning San-Paulu shahrida UFC on FX 7 turnirida braziliyalik Tiago Tavares bilan to'qnash keldi. Ushbu jang davomida u apperkot zarbasi evaziga braziliyalik raqibni nokdaun holatiga uchratdi. SHundan keyin u raqibi tirsagini mayib ahvolga soldi va shu orqali g'alabaga erishdi. SHundan keyin Xabib dunyoning eng yaxshi jangchilaridan biri Neyt Dias bilan jang o'tkazish niyati borligini malum qildi.
Oradan bir qancha vaqt o'tib, Neyt Diasga yana bir necha jangchilar raqib bo'lishni istadi. Xabibning Josh Tompson bilan jangi 26 may kuni Las-Vegasda UFC on FX 7 turniri doirasida o'tkazildi. Abel Truxilo ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Xabib tvitter orqali UFC prezidenti Dana Uaytga UFCning afsonaviy jangchisi - Bi Jey Pennga qarshi bahs olib bormoqchi ekanligini yozib qoldirdi. Bi Jey Penning rad etishi sababli UFC Xabibga Pet "Bem Bem" bilan jang olib borishni taklif qildi (o'sha paytda u UFCning top-10ligiga kirardi). Xabib jangga rozilik bildirdi va bu Kanadaning Toronto shahrida UFC 165 shousi doirasida bo'lib etdi. Xabib uchchala raundda ham raqibdan yorqinroq harakatlari bilan ajralib turdi va Mett Xyuz uslubida jang qildi. Jangdan keyin Dana Uayt unga Xabibning janglari yoqishini malum qildi.
UFC 169 doirasida Xabib Gilbert Melendesga qarshi to'rga chiqishi kerak edi, biroq jang o'tkazilmadi. 2014 yilning 19 aprelida Xabib Orlandoda UFC on FOX 11 turniri doirasida Rafael Dus Anjusga qarshi oktagonga chiqdi. Jang Abil Truxiloga qarshi o'tgan bahsga o'xshashib ketdi: barcha raundlarda ustunlikka erishgan Xabib hakamlarning qaroriga ko'ra, g'alabaga erishdi. 2014 yilning 5 iyulida Xabib tizzasidan jarohat oldi va shu sababli Toni Fergyusonga qarshi jangdan oldin bir yilga safdan chiqdi. 2015 yilda ham u yana bir bor jarohat oldi va nomalum muddat davomida sport bilan shug'ullana olmadi. 2016 yilning 16 aprel kunida UFC on FOX 19 turniri doirasida Toni Fergyusonga qarshi jang o'tkazishi kerak edi. Biroq Toni jarohati sababli turnirda qatnashmadi va uning raqibi Darrell Xorcherga o'zgartirildi. Jang Xabib uchun 2 yillik tanaffusdan keyin birinchisi bo'ldi. 16 aprel kuni Xabib raqibini ikkinchi raundda texnik nokautga uchratdi va g'olibga aylandi.
Xabib UFCning engil vazn toifasidagi chempioni Eddi Alvares bilan UFC 205 yoki UFC 206 turnirida to'qnash kelishi kerak edi va buni Dana Uayt ham tasdiqlagandi. Biroq 26 sentyabr kunida Alvares chempionlik kamarini saqlab qolish yo'lida Konor MakGregorga qarshi jang olib borishi malum qilindi. 2016 yilning 12 noyabrida Nyu-Yorkda Xabib Nurmagomedov UFC 205 doirasida amerikalik jangchi Maykl Jonsonga qarshi to'rga tushdi. Jang davomida vaziyatni o'z nazoratiga olgan Xabib uchinchi raundda raqibini o'z changaliga ushlab oldi. Oqibatda referi jangni to'xtatdi. Ushbu jang oldidan Xabib Konor MakGregor bilan janjallashdi va o'sha erda ham titul kamarini himoya qilgandek bo'ldi. Biroq qo'riqchilar tomonlar mushtlashuvga o'tib ketmasligining oldini olishdi.
Xabib Nurmagomedov bilan bog'lik eng yaxshi vaziyatlar
2017 yilning yanvar oyida Xabib UFC 209 doirasida Las-Vegasda engil vazn toifasida chempion amerikalik Toni Fergyusonga qarshi 4 mart kuni jang olib borishi tasdiqlandi. Ushbu jang g'olibi irlandiyalik Konor MakGregorning engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun asosiy davogarga aylanardi. "4 mart kuni orzularim haqiqatga aylanishi va kamarni qo'lga kiritish uchun barcha ishlarni qilaman", - degandi o'shanda Xabib. Biroq jang o'tkazilmadi. Sababi Xabibning sog'lig'i yomonlashdi. Uning murabbiyi va otasining aytishiga ko'ra, Xabibning jigariga tosh yig'ilgan va shu boisdan shifoxonaga yotqizilgan.
2017 yil so'ngida Xabib yana oktagonga chiqdi. 30 dekabr kuni Las-Vegasda UFC 219 shousi doirasida Xabib braziliyalik Edson Barbozani mag'lub etdi. 2018 yilning 8 aprelida Xabib amerikalik El Yakvintani mag'lub etdi va UFCning engil vazn toifasida jahon chempioniga aylandi. Xabib UFC chempionligiga erishgan ilk rossiyalik sportchiga aylandi. Jang 5 raund davom etdi va ularning barchasida Xabibning ustunligi ko'zga tashlanib turdi. Yakunda Xabib 50-44, 50-43, 50-43 hisobida g'alabaga erishdi.
Xabib Nurmagomedov vs El Yakvinta
Xabibning boshqa natijalari ham bor: Rossiya chempionati finalchisi, Kubogi sohibi, qo'l jangi bo'yicha Evroosiyo chempioni, Rossiya chempioni, jangovor sambo bo'yicha ikki karra jahon chempioni, pankration bo'yicha Evropa chempioni, NAGA Grappling talqiniga ko'ra greppling bo'yicha jahon chempioni va boshqalar. 2015 yilning avgustida u "Reebok" bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Xabibni dog'istonlik biznesmen Ziyavudin Magomedov (Forbes reytingida 93-o'rinni egallab turibdi, 900 mln dollar boyligi bor) moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlaydi. Darrel ustidan qozonilgan g'alabadan keyin Magomedov Xabibga Mercedes-AMG GT S avtomobilini sovg'a qildi (keyinchalik uning dushmani bu mashinani pachoqlab tashladi). Xabib Nurmagomedovning "Instagram"dagi sahifasiga Mariya SHarapova ham "obuna" bo'lgan.
Nurmagomedov muxlislarining katta qismi - bolalar va ularni jangga o'rgatayotgan ota-onalaridir. "Agarda inson sportni targ'ib qilsa, u odamlarni to'g'ri yo'lga boshlaydi. Xabib o'zini sportga bag'ishlagan, juda kamtar va tartibli inson. Islom diniga sig'inishi sababli uni birinchi o'ringa qo'yaman. U har doim to'g'ri yo'llarni izlaydi. Bunday inson albatta mashhur bo'ladi", - dedi jangchining otasi.
Xabib Nurmagomedov haqida hujjatli film
Qo'shimcha malumotlar:
Bo'yi: 177 santimetr.
Vazni: 70 kilogramm.
Qo'lini yoyish uzunligi: 178 santimetr.
SHaxsiy hayoti
Uylangan. Xabib musulmon odatlariga qati itoat qiladi va shaxsiy hayoti haqida gapirmaydi. SHuningdek, rafiqasi borasida ham fikrlar bildirmaydi, Hatto uning o'zini ham ko'rsatmaydi. To'yida ham rafiqasini paranjiga berkitib qo'ygandi. 2015 yilning iyunida Xabibning qizi, UFC 219 shousi kuni esa (2017 yilning 30 dekabr kunida Las-Vegasda Xabib braziliyalik Edson Barbozani mag'lub etgandi) o'g'li dunyoga keldi.
Xabib Nurmagomedov rafiqasi bilan
Xabib uzoq vaqt davomida chegaradan tashqarida bo'lsa (o'zi AQSHda shug'ullanadi), rafiqasini uyga tashlab ketadi. "U mening tayyorgarligimga halaqit beradi. SHu orqali men dam olishga ketganday bo'laman. Ayollar va tungi klublar doim tayyorgarlikka halaqit qiladi. Sen faqatgina vazifang va oldingdagi rejalaring haqida o'ylashing, shug'ullanishing, uxlashing va eyishing kerak. Ayol esa uyda bo'lib, seni qo'llab-quvvatlasin", - dedi Xabib. Xabib Islom diniga qati amal qiladi. "Hech qachon ichmaganman va chekmaganman. CHunki men sportchiman va sog'lom turmush tarzim bor, shuningdek, mening dinim bunga yo'l qo'ymaydi. Men musulmonman, Islom esa ichish, chekish, tungi klublarda yurishni taqiqlaydi. Janglarda dinim ruhiy tomonlama yordam beradi. Faqatgina shu jihat meni bir maromda ushlab tura oladi. Mag'lubiyatdan ham xursand bo'laman. Har doim xotirjamman. Balki bu omad va g'alabaning kalitidir. Men barchasiga tayyorman", - dedi sportchi.
Xabib Makkada
Xabib aytganidek, sportdagi yuqori natijalar hayotini o'zgartirib yubordi. "Ko'chalarda juda ko'p jang qilganman, otam esa bunday qilmasligim kerakligini uqtirardi. 2010 yilda chempion bo'lganimdan keyin buni to'xtatdim. SHunday paytlar bo'ldi-ki, urushish kerak edi. O'sha damlarni eslayman, ikki yil oldin professionalligim sababli urushmaslik yo'lini topganman. Agarda men ursam, u qattiq jarohat oladi. Bu nega kerak? Agarda sen sportchi bo'lsang, shu bilan yashashing kerak. Bo'lmasam, insonlarni jarohatlashing mumkin. Agarda sportchi bo'lsang, barcha bilan extiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishing kerak. Hayotim davomida juda ko'p janglar bo'ldi. Agarda menga qarshi bo'lib turgan inson mendan kuchsizroq bo'lsa, jang qilishdan qochdim. Hozirda ko'cha janglaridan uzoqdaman. Uyda bo'laman va men bilan hech nima bo'lmaydi. Sportchi ko'chada nokaut qila olishi va o'ldirishni ko'rsatishi shart emas. Buni qo'llab-quvvatlamayman. Professional jangchi bor joyda esa har doim sovuq qurol bo'ladi", - dedi Xabib.
Mirjalol Normatov tayyorladi
UFC yulduzi Konor MakGregorning faoliyati, yutuqlari, shaxsiy hayoti va boshqalar haqida!
Fikrlar