14 noy 20:20
Yangiliklar
Boks/MMA
Sobiq jahon chempioni Rajab Butaev Toshkentda ringga ko'tarildi
Lift Promotions'ning "Humo arena"dagi boks oqshomi davom etmoqda.
Musobaqa prelim kardidan o'rin olgan navbatdagi jang nihoyasiga etdi.
Unda yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha sobiq jahon chempioni, rossiyalik 31 yoshli Rajab Butaev 35 yashar hamyurti Artyom Pugachga qarshi ringga ko'tarildi.
Sakkiz raundlik jang to'liq davom etdi va yakunda ochkolar hisobi (80-72, 79-73, 78-74 ) bo'yicha Butaevning g'alabasi qayd etildi.
SHu tariqa, Rajab faoliyatidagi 17-jangida 16-g'alabasini nishonladi. Butaevning salkam ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytganini ham takidlash joiz.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar