24 dek 19:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Sobiq UFC chempioni Bellator'da yil jangchisi bo'ldi
Yarimengil vazn toifasida Bellator kamari sohibi Kris Sayborg 2020 yilning eng yaxshi jangchisi deb elon qilindi.
Kris 2020 yilning ilk turnirida Juliya Baddga qarshi oktagonga ko'tarilib, Bellator kamariga ega chiqqandi. SHuningdek, u oktyabr oyida Arlin Blenkouga qarshi jang qilib, chempionlik kamarini ishonchli himoya qilgandi.
Malumot uchun, Kris Bellator kamariga ega chiqqunga qadar, Strikeforve va UFC kamarlariga ega chiqqan.
Havola :
Manba : Championat.com
Fikrlar