29 may 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/39514_220.jpg)
Sobiq UFC chempioni faoliyatini yakunladi
Aralash qoidalar bo'yicha o'rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Maykl Bisping faoliyatini yakunlaganini elon qildi.
Bisping bu qarorini jarohati bilan izohladi. Maykl o'zining so'nggi jangida Kevin Gastellum bilan to'qnash kelgandi. Aynan o'sha jangda Bisping ko'zidan jarohat olgan edi.
Oftalmolog shifokor qo'ygan tashxisga ko'ra, agar Maykl yana jang o'tkazsa, keyinchalik uning ko'zi ko'rmay qolishi ham mumkin ekan. Bisping 2013 yilda ham o'ng ko'zidan jarohat olgan va buning natijasida ikki bor jarrohlik stoliga yotishga ham majbur bo'lgandi.
Havola :
Fikrlar