25 may 15:50
Yangiliklar
Tennis
Sobolenko "Rolan Garros" startida yutqazsa ham dunyoning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin
Ayni paytda WTA reytingida ikkinchi o'rinni egallab turgan Arina Sobolenko "Rolan Garros" turniri yakunlariga ko'ra dunyoning birinchi raketkasiga aylanishi mumkin.
Hozirda Sobolenkoda 7541, peshqadam Iga Svyontekda 8940 ochko bor. Aynan Iga "Rolan Garros" turnirining amaldagi g'olibasi hisoblanadi. U chempionlik bilan birga 2000 ochkoni ham himoya qilishi kerak. Arina esa o'tgan yili uchinchi davragacha etib kelgan va 130 ochko ishlab olgandi.
SHu tariqa, agar Svyontek 1/2 finalga qadar etib bormasa, Sobolenko dunyoning birinchi raketkasiga aylanadiyu. Agar Arina 1/4 finalga chiqsa, u holda Iga kamida finalda o'ynashi shart bo'ladi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar