23 may 14:04
Yangiliklar
Tennis
Sofiya Kenin "Rolan Garros"da 278-raketkaga yutqazib qo'ydi
Dunyoning sobiq to'rtinchi raketkasi Sofiya Kenin Parijda start olgan "Katta Dubulg'a" turniridagi ishtirokini erta yakunladi.
Amerikalik tennis malikasi Franciya Ochiq chempionati saralash bahslarining ilk davrasida WTA reytingida 278-pog'onada borayotgan Margo Ruvruaga yutqazib qo'ydi - 4/6, 3/6. 24 yoshli Kenin "Rolan Garros"-2020 finalchisi hisoblanadi. Ayni paytda u dunyo reytingida 134-o'rinni egallab turibdi.
O'tgan hafta e Rimda o'tkazilgan WTA 1000 turnirida uchinchi davraga qadar etib borgandi. U ikkinchi bosqichda Arina Sobolenkoni mag'lub etishni uddalagandi. Uchinchi davrada esa bo'lajak finalchi Angelina Kalininaga imkoniyatni boy bergan edi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar