So’nggi yangiliklar

15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0

24 sen 10:33
Yangiliklar

Boshqalar

Sport to'garaklari chempionlik sari etaklaydi

Teglar :  O'zDJTSU
Keyingi yillarda sport turlariga bo'lgan yuksak etibor tufayli aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan ommaviylik keskin oshganiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

SHu boiski, sport turlari bo'yicha xalqaro musobaqalarda ko'plab yoshlarimiz  chempionlikni tantana qilib, Vatanimiz shanini munosib himoya qilishmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi "Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ - 449 - son qarori ham ayni mazkur olimpiya o'yinlari tarkibidan o'rin olgan gimnastika sport turlarining rivojlanish istiqbolini belgilab bergan, deyish mumkin. 

Mazkur qarorda aholi o'rtasida gimnastika sport turlari (sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, akrobatika) ommaviyligini oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini taminlash bosh maqsad kilib ko'rsatilgan. 

Yangilik emas, bugun oliy talim muassasalarida yoshlarni xalqaro standartlarga mos ravishda talim olishlari, jismoniy tarbiya va sport bilan oshno bo'lishlari uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Xususan, CHirchiq davlat pedagogika universitetida ham talabalarimizning tanlagan yo'nalishlari bo'yicha tahsil olishlari borasida etarlicha sharoit va imkoniyatlar yaratib berilgan. 

So'zimiz avvalida bejizga Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan "Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori xususida to'xtalmadik. Ushbu qaror ijrosini taminlash maqsadida CHirchiq davlat pedagogika universiteti “Jismoniy madaniyat” fakulteti qoshida sport gimnastikasi bo'yicha to'garaklar yo'lga qo'yilgan. Ushbu to'garaklarda talabalar soni ko'pchilikni tashkil etadi. 

Sport gimnastikasi to'garagimizda turnik, bruss va akrabatika kabi yo'nalishlarda mashg'ulotlarga zo'r bergan Oybek Mahamadjonov, Xudoyor Xamroev, Jahongir Majidov, Oydin Mannapjonova, Aziza Jaxbarova singari talabalar universitetlar o'rtasida o'tkazilayotgan turli musobaqalarda ishtirok etib, munosib natijalarini qo'lga kiritmoqda. 

Bundan tashqari  O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, CHirchiq shahar maktabgacha va maktab talimi bo'limiga qarashli umumiy o'rta talim maktablari, maktabgacha talim muassasalari bilan hakmorlik aloqalarini yo'lga qo'yganmiz. SHuningdek, rejamizda bor, yaqin atrofdagi mahallalarda istiqomat qiluvchi o'quvchilarni ham qiziqishlariga qarab to'garaklarimizga jalb etish niyatidamiz. 

Maqsadimiz jismoniy  tarbiya  yo'nalishida tahsil olayotgan talabalirimiz va mahalla yoshlarini gimnastika sport turlariga qiziqtirish orqali ommaviylikka erishish hamda katta sport sari, chempionlik sari, yo'naltirish bo'ladi. 

Sardor ABDURAHIMOV, CHirchiq davlat pedagogika universitetining "Jismoniy madaniyat nazariyasi" kafedrasi o'qituvchisi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing