08 may 11:47
Yangiliklar
Sportchilarimiz Islom hamjixatlik o'yinlariga yo'l olishdi
Bugun erta tongdan bir guruh sportchilarimizdan tarkib topgan O'zbekiston delegaciyasi Ozarbayjon poytaxtiga jo'nab ketdi. Musobaqa olimpiya o'yinlari kabi har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladi va u Islom mamlakatlari olimpiadasi deb ham ataladi.
Ilk musobaqa 2005 yili Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan edi. Eron esa 2009 yilda ikkinchi musobaqaga mezbonlik qilgan. To'rt yil avval Indoeziyaning Pekanbaru shahri mazkur nufuzli musobaqa mezboni bo'lgan.
Islom hamjixatlik o'yinlari sportning 21ta turini o'z ichiga oladi. Bular: Engil atletika, suvga sakrash, suzish, suv polosi, basketbol 3x3, futbol, badiiy va sport gimnastikasi, ushu, stol tennisi, gandbol, dzyudo, yunon-rum kurashi, erkin kurash, o'q otish, tennis, voleybol, boks, zorxana, karate, taekvondo va og'ir atletika.
Vakillarimiz quyidagi sport turlarida g'oliblik uchun kurashadilar:
1. Engil atletika (10 nafar sportchi)
2. Boks (10)
3. Sport gimnastikasi (5)
4. Badiiy gimnastika (9)
5. Dzyudo (6)
6. Karate (7)
7. O'q otish (6)
8. Suzish (5)
9. Taekvando (9)
10. Og'ir atletika (10)
11. Yunon-rum kurashi (5)
12. Erkin kurash (5)
13. Gandbol (ayollar terma jamoasi)
14. Suvdan sakrash (4)
15. Tennis (6)
Paralampiya yo'nalishi:
1. Engil atletika (4)
2. Dzyudo (6)
Jami 165 nafar sportchi yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
Fikrlar