So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

08 mar 16:32
Yangiliklar

Qiziqarli!

Sportimiz malikalarini taniysizmi?

Bahs maydonidagi qatiyatli sportchi ayol-qizlarimiz hayotda aslida qanday?

Olamsport.com sayti O'zbekistonning taniqli ayol sportchilari haqida bilganlari bilan o'rtoqlashadi.

Sabina Tashkenbaeva - badiiy gimnastika

Sabina 2000 yil 27 noyabrda Toshkent shahrida dunyoga kelgan.

2017 yilgi Osiyo chempionatining 1 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza, 2018 yil: 12 ta oltin, 1 ta kumush, 2019 yilda esa 2 ta oltin medalni qo'lga kiritgan , Osiyo o'yinlari sovrindori. Sabina Tokio olimpiadasi uchun ham yo'llanma qo'lga kiritgan edi. Biroq koronavirus bilan kasallanganligi tufayli orzusiga erisha olmadi. Tashkenbaeva «Kelajak bunyodkori» davkat mukofoti sohibasi. Sabina teakvondochi Niyoz Po'latov bilan oila qurgan.


Gulruhbegim Tohirjonova - shaxmat.

1999 yil 16 iyulda tavallud topgan. Oilada kenja farzand. Opalari Nafisa Mo'minova va Hulkar Tohirjonovaning izidan borib shaxmat bilan shug'ullanadi. 

Tohirjonova ayni vaqtda AQSHda istiqomat qiladi. Gulruhbegim 2019 yilda Kolumbiya shahrining Missuri universitetiga o'qishga kirgan. Hozirda mana shu universitetda tahsil olmoqda. Gulruhbegim Instagramda faol sportchi qizlardan biri. U do'stlari bilan sayohat qilishni yoqtiradi

2016 yilgi ayollar o'rtasidagi Osiyo Millatlar kubogi kumush medali sovrindori. Grossmeyster

Tursunoy Rahimova - boks

Tursunoy Rahimova 1997 yil 5 iyun kuni Toshkent shahrida tug'ilgan.  Tursunoy o'zbek boksi tarixiga o'z nomini yozdirib qo'ygan. U olimpiadadagi jangda g'alaba qozonib keyingi bosqichga chiqqan ilk o'zbek bokschi qizidir. Doimiy tarzda davom etadigan adolatsizliklarga qaramay mehnat qilishdan charchamaydigan Rahimovaga Prezident farmoni bilan «Jasorat» medali topshirilgan. Tokio Olimpiya O'yinlaridan so'ng faoliyatini tugatmoqchi bo'lgan sportchimiz davlat rahbarining motivaciyasi tufayli bu fikridan qaytdi.


Nigora Tursunqulova - teakvondo

1999 yilda 4 aprel kuni Jizzax viloyatida dunyoga kelgan. Osiyo chempionati bronza va oltin medali sohibasi. Osiyo o'yinlari sovrindori. Rio va Tokio olimpiadasi ishtirokchisi. Tokio Olimpiya o'yinlarida delegaciyamiz bayroqdori bo'lgan Nigora erkin kurashchi Bekzod Addurahmonov bilan turmush qurgan.


Gulasal Sultanalieva - bokschi.

Gulasal 1999 yil 11 dekabr kuni Namanganda dunyoga kelgan. Oilada o'rtancha farzand hisoblangan boksimiz malikasi bugungi kunda Instagramda o'zbek sportchi qizlari orasida eng taniqlisidir. 

Sultonalieva 5 karra respublika chempioni, Osiyo chempionati kumush medali sohibasi, jahon chempionati ishtirokchisi. Gulasal sportdan tashqari, turli taomlar va shirinliklar tayyorlashga qiziqadi.


Oksana CHusovitina - sport gimnastikasi 

Qahramon ayol, qahramon ona va afsonaviy sportchi!


Dilnoza Rahmatova - eshkak eshish

Dilnoza 1998 yil 7 fevral kuni tug'ilgan.

Osiyo chempioni, vice-chempioni. Osiyo o'yinlari kumush va bronza medallari, jahon chempionati bronza medali sohibasi. Hamisha alo kayfiyatda ulashishdan charchamaydigan sportchimiz «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti laureati. Tokio olimpiadasi ishtirokchisi. Darvoqea, Dilnoza hamkasbi bilan oila qurgan.


Diyora Keldirova - dzyudo

Diyora 1998 yil Samarqandda dunyoga kelgan. Sportchi bo'lishiga buvisi sababchi bo'lgan Diyora ilk medalini sambo sport turidan qo'lga kiritgan. U o'zbek dzyudochi qizlari orasida ilk bor yoshlar o'rtasida Jahon chempioni bo'lgan. Bu hammasi emas, Keldiyorova o'zbek dzyudosi tarixida o'zi uchun yana bir bor sahifa ochgan: «Ulkan toj» turnirida chempion bo'lgan ilk o'zbekistonlik qiz.

Qahramonimiz it parvarishlashni sevadi. Uning «Hatiko» laqabli iti bor.


Zaynab Dayibekova - qilichbozlik.

Zaynab 2002 yilning 19 noyabrida Qoraqalpog'iston Respublikasida tug'ilgan. Dayibekovani o'zbek qilichbozlik sport turida eng ko'p natija qayd etgan sportchi qiz deyishimiz mumkin. Sablya yo'nalishida Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi. Qilichboz qizimiz «Zulfiya» nomidagi davlat mukofoti sohibasi. Darvoqea, Zaynab ajoyib sherlar ham yozib turadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing