20 apr 11:53
Yangiliklar
Tennis
Srpska Open. Dunyoning birinchi raketkasi 1/4 finalda
Bosniya va Gercegoviniyaning Banya-Luka shahrida tennis bo'yicha ATP turniri davom etmoqda.
Dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichdan boshladi. Serbiyalik tennis yulduzi ATP reytingida 87-pog'onada borayotgan franciyalik Lyuk Van Ashni 6/7(4), 6/3, 6/2 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi. Ikki soatu 38 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 4 ta eys, 6 ta breyk qayd etib, qo'shxatoga yo'l qo'ymadi. Novak Srpska Open turnirining 1/4 finalida vatandoshi Dushan Layovich yoki franciyalik Greguar Barrerega qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar