09 dek 11:24
Yangiliklar
Tennis
Stefanos Cicipas: "Bir necha kun yotgan joyimdan tura olmadim"
Greciyalik tennischi Stefanos Cicipas belidagi jarohati haqida gapirdi.
Cicipas aynan shu sababli u ATP Yakuniy turniri guruh bosqichidagi ikkinchi o'yinini yakunlay olmagandi.
"Holat yaxshilanmoqda. SHu og'riqlarning kamayishi uchun har kuni katta hajmda ish qilyapman, maqsad - tezroq qaytish. Buning uchun vaqt kerak. Hali 100 foizga sog'lom emasman. Jarohat og'riqli edi. Metaforik og'riqli - shu sababli mavsumdagi so'nggi turnirni yakunlay olmadim.
Bir yoki ikki hafta jismonan juda og'riqli o'tdi. Yakuniy turnirdan keyin bir necha kun yotgan joyimdan tura olmadim. Ayni paytda yana sog'lom bo'lish va og'riqsiz holatimga qaytish jarayonidaman. Barchasi yaxshi kechsa, boshqa yo'l topish kerak bo'ladi", - dedi Cicipas.
Havola :
Manba : adelaidenow.com.au
Fikrlar