14 sen 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling CHimaev uchun eng xavfli raqib kimligini aytdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni amerikalik Aljameyn Sterling yarim o'rta vaznda Belal Muhammad Xamzat CHimaev uchun qiyin raqib bo'lishi haqida gapirdi.
"Reytingga qarasam, Belal Muhammadga o'xshagan yigitni ko'raman. U eng zo'r jangchi bo'lmasligi mumkin. Ammo, u sizni zararsizlantirish uchun oktagon markaziga bosadigan kuchli yigit.
O'ylaymanki, xuddi shunday uslubga ega yigit CHimaevga bosh og'rig'i bo'ladi. Agar ular oktagonda to'qnash kelsa, bu muxlislar uchun haqiqiy sovg'a bo'lar edi", — dedi Sterling.
Avvalroq, Sterling CHimaev va sobiq UFC chempioni Kamaru Usman o'rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar