29 may 15:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Sterling Petr Yan hamda UFC`dagi ilk gonororlarini ochiqladi
Amaldagi UFC chempioni Aljameyn Sterling Petr Yanga qarshi jangda faoliyatidagi eng katta gonorarni qo'lga kiritdi.
Ammo, amerikalik jangchi bu bilan o'zini moliyaviy muammolardan holi inson deb hisoblay olmaydi.
"Oxirgi jangimdan 400 000 dollar ishlab oldim. Lekin o'tgan yilgi qarzlarim, murabbiylar, kommunal xizmatga to'lovlardan so'ng menda taxminan 110 000 dollar pul qoldi. Pandemiya davrida shaxsiy hayotimda ham pul bilan bog'liq muammolar yig'ilib qolgandi. Katta pul ishlab oldi deydiganlarga bu gaplarim javob bo'ladi", - dedi Sterling.
Aljameynning aytishicha, u UFC promoushenidagi ilk jangidan 16 000 ($ 8 000 ishtirok, 8 000 g'alaba uchun) dollar ishlab olgan. Ikkinchi jangi uchun xuddi shu ko'rinishda 20 000, uchinchisidan 24 000, to'rtinchisidan esa 28 000 dollar gonorar olgan.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar