19 iyu 15:02
Yangiliklar
Sterling Ti Jey Dillashouni yolg'onchi deb atadi
"Yolg'onlarsiz UFC'da g'alaba qozonmaganingni bilishni his qilish qanday ekan-a?. Bu nimaga o'xshaydi? Masalan, menda bu borada hech qanday tasavvur yo'q. Aytmoqchimanki, o'tirib, o'ylab ko'rsang, o'zingni juda achinarli his qilsang kerak-a, shunday emasmi?. Ertalab uyg'onganingda, haqiqatan ham biror narsaga erishgandek his qilasanmi o'zingni? Sen hatto King Kruzni ham mag'lub etolmading. Bu jangni jonli ravishda tomosha qildim. Achinarli chiqish. G'alaba qozona olmay turib, yolg'on gapirishdan mano bormi?", - deb yozgan Sterling.
Malumot uchun, Aljemeyn Sterling so'nggi jangini 10 aprel kuni, Petr Yanga qarshi o'tkazgan edi.
Avvalroq, Aljemeyn Sterlingning navbatdagi jangi rasman tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.
Fikrlar