17 noy 15:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Sterling Yan haqida: "Uni xushini yo'qotguncha bo'g'ib qo'ysa bo'ladi. Men shu ishni qilishga tayyorlanyapman"
Amerikalik UFC jangchisi Aljameyn Sterling Pyotr Yan bilan jang haqida yana bir bor gapirdi.
"Fevral yoki mart. Yan bilan jang 100% tashkil qilinadi. Uning Sendxagen bilan jangi menda o'zimga bo'lgan ishonchni oshirdi. Bilaman, uni qonga belanasa ham, xushini yo'qotguncha bo'g'ib qo'ysa ham bo'ladi. Men aynan shu ishni qilishga tayyorlanyapman", - dedi Aljameyn Sterling.
Eslatib o'tamiz, UFC 259 doirasida Yan va Sterling o'zaro jang qilgandi. Taqiqlangan zarba sabab, Pyotr Yan o'sha kecha o'z kamaridan ayrilgandi. SHundan beri, ikki jangchi o'zaro dushmanga aylanishgan.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar