24 noy 09:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Stipe Miochich: "UFC qanday ishlashini, bularning hammasi biznes ekanini bilaman"
Og'ir vazndagi sobiq UFC chempioni Stipe Miochich proshoushenning qilgan ishlaridan xafsalasi pir bo'lganini aytdi.
UFC`ning Stipega og'ir vazndagi vaqtinchalik chempionlik jangi uchun taklif ham bermagani yoqmagan.
"Bilaman, UFC shunday ishlaydi. Bularning hammasi biznes ekanligini ham yaxshi tushunaman. Menimcha, men Ngannu bilan trilogiya o'tkazishga loyiq edim. Mendan vaqtinchalik chempionlik uchun jang qilishimni so'rashmadi ham. Balki bunga rozi bo'lmasdim, ammo ko'ngil uchun buni taklif qilishsa bo'lardi.
Umuman olganda, bu biznes qanday ishlashiga ko'nikib qolganman. Nima bo'lsa, shuni ko'ramiz. Ammo, men Ngannu bilan yana jang qilishga loyiqman deb hisoblayman", - dedi Miochich.
Havola :
Manba : mmajunkie.com
Fikrlar