27 iyu 10:41
Yangiliklar
Futbol
Suares "Inter Mayami"ga o'tish uchun maoshining bir qismidan voz kechishga tayyor
Lekin u kamida yil oxirigacha hozirgi jamoasi "Gremio"da qoladi.
Bu haqida futbolchiga yaqin manbaalar ESPN'ga malum qildi.
Avvalroq "Inter Mayami" uni o'z safiga qo'shib olishi haqida xabarlar tarqalgandi.
36 yoshli urugvaylik futbolchi imkon qadar tezroq MLS klubi safiga borib qo'shilmoqchi. U erda "Barsa"dagi sobiq jamoadoshlari Lionel Messi, Serxio Buskets va Jordi Alba bor. Transfer tezroq amalga oshishi uchun u maoshining 10 million dollarini "Gremio"ga qaytib berishga ham tayyor.
Eslatib o'tamiz, Suares shu yil yanvarida Braziliya klubi safiga erkin agent sifatida borib qo'shilgandi. Uning hozirgi klubi bilan shartnomasi 2024 yilning dekabriga qadar amal qiladi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar