So’nggi yangiliklar

07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0

12 may 08:41
Yangiliklar

SHaxmat

Superbet Poland Rapid & Blitz. Nodirbek Abdusattorov Magnus Karselnni mag'lub etdi (Jadval + FOTO)

Polsha poytaxti Varshava shahrida o'tkazilayotgan shaxmat bo'yicha nufuzli Superbet Poland Rapid & Blitz turnirida blic bahslari boshlandi.

Mukofot jamg'armasi 175 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada dunyoning kuchli 10 nafar grossmeysteri bosh sovrin uchun bahslarga kirishgandi. Ikki kun davom etgan rapid turnirida xitoylik Vey I 13 ochko bilan g'oliblikni qo'lga kiritgandi. O'nta turda mag'lubiyatga uchramagan Magnus Karlsen 12 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallagandi. 

Dunyo reytingida 5-o'rinni egallab turgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov esa 8 ochko jamg'arib, hindistonlik Erigaysi bilan 6-7 o'rinlarni bo'lishib olgan edi. Kecha esa turnirda blic bahslari start oldi. Blicning birinchi kuni grossmeysterlar 9 ta turda dona surishdi. 

Etiborlisi, Nodirbek blicning 3-turida qora donalarda o'ynashiga qaramay, jahon chempioni Magnus Karlsenni mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Abdusattorov Karlsenga ikkita mag'lubiyatidan birini taqdim etdi. Hamyurtimiz 9 ta turda 3 ta g'alaba, 3 ta durang va 3 mag'lubiyat qayd etdi. U 4,5 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 4-o'rinni egallab turibdi. 

Xitoylik Vey I blicda ham mahorat ko'rsatmoqda. U 7,5 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib olgan. Kuchli uchlikdan joy olgan Magnus Karlsen va Arjun Erigaisi hisobida 6 tadan ochko bor. Bugun blic turniri davom ettiriladi. Blicda har bir g'alabaga 1, durangga esa 0,5 ochko taqdim etiladi. Turnir g'olibi 40 000 dollarga ega bo'ladi.   

Ishtirokchilar: Magnus Karlsen (Norvegiya, rapid 2828/blic 2886), Vey I (Xitoy, 2758/2684), Yan-Kshishtof Duda (Polsha, 2748/2766), Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston, 2733/2661), Rameshbabu Pragnanandha (Hindiston, 2704/2675), Anish Giri (Niderlandiya, 2687/2715), Arjun Erigaysi (Hindiston, 2671/2744), Dommaradju Gukesh (Hindiston, 2649/2651), Vinsent Kaymer (Germaniya, 2647/2610), Kirill SHevchenko (Ruminiya, 2622/2546).

Rapid va blic yo'nalishlarining umumiy jadvali

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing