05 okt 13:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni ringga qaytmoqda
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jozef Parker qisqa tanaffusdan so'ng yana jang o'tkazadi.
Yangi Zelandiya vakili 15 dekabr kuni o'z vatanida navbatdagi jangini o'tkazadi. Bu Parkerning ketma-ket ikkita mag'lubiyatdan keyin o'tkazadigan ilk jangi bo'ladi.
Jozef katta ehtimol bilan 15 dekabr kungi jangida 28 yoshli hamyurti Junior Faga qarshi ringga ko'tariladi. Parker shu yilning mart oyida o'ziga tegishli bo'lgan WBO kamarini WBA va IBF yo'nalishlari chempioni Entoni Joshuaga qarshi jangda boy berib qo'ygandi. Keyin esa yozda Dillian Uaytga ham yutqazgandi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar