19 jan 08:47
Yangiliklar
Dzyudo
Surxondaryoda dzyudo bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi
Barcha hududlarda bo'lgani kabi Surxondaryo viloyatida ham jismoniy tarbiya va sportga keng imkoniyatlar yaratilib, aholi, ayniqsa yoshlarni sportga jalb qilish yo'lida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Sport sohasida gap ketganda, viloyatdan kuchli polvonlar va boshqa sport turlaridan xalqaro va jahon chempionlari etishib chiqayotganligini aytish joiz.
2021 yil 10 yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlari bo'ylab start berilgan «Sportni sev, sport bilan yasha!» shiori ostidagi ommaviy sport festivali ham keng miqyosida tashkil etilmoqda.
Ushbu festival doirasida Surxondaryo viloyati Termiz olimpiya zaxiralari kollejida dzyudo sport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Qizg'in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko'ra g'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar