21 fev 17:48
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Suzish bo'yicha O'zbekiston ochiq chempionati JCHga yo'llanma beradi
17-22 aprel kunlari poytaxtimizda suzish bo'yicha mamlakat ochiq chempionati bo'lib o'tadi.
O'zbekiston suzish federaciyasining malum qilishicha, mazkur musobaqa joriy yilning 14-30 iyul kunlari Yaponiyaning Fukuoka shahrida bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga saralash bosqichi vazifasini o'tab beradi.
Reglamentga ko'ra, musobaqada sportchilar o'smirlar (2006-2007 yillar) va kattalar (2005 va undan katta) toifasiga bo'lingan holda medallar uchun kurash olib borishadi. Bahslar davomida jahon chempionatining normativini bajargan sportchilar bo'lajak dunyo birinchiligida ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi. Ayni paytda terma jamoa vakillari Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borishmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar