21 iyu 13:11
Yangiliklar
Suzuvchilarimiz Rigadagi musobaqada yana medallar sohibiga aylanishdi
Buenos-Ayresdagi Olimpiya o'yinlariga licenziya taqdim etuvchi ushbu reyting musobaqaning ilk kunida sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etganliklari haqida xabar berib o'tgandik.
Bellashuvlarning ikkinchi kuni ham sportchilarimiz uchun omadli bo'ldi. 200 metrga brass usulida suzish bo'yicha o'tkazilgan bahslarda erkaklar o'rtasida Vladislav Mustafin, ayollar o'rtasida esa Bibigul Minlibaeva kumush medal sohibiga aylandi. 200 metrga erkin usulda suzish bo'yicha Xurshidjon Tursunov finishga uchinchi bo'lib etib bordi va bronza medaliga sazovor bo'ldi.
4x100 metr estafetasining miks yo'nalishida Bibigul Minlibaeva, Mirsaid Mirzoidov, Natalya Kritinina, Odilbek Yusupbaev to'rtligi terma jamoamiz hisobiga bronza medalini qo'shib qo'ydi.
Musobaqa davom etmoqda.
Fikrlar