01 iyu 10:31
Yangiliklar
Tennis
Svyontek raqibasining omadi keldi, u kurashsiz finalga chiqdi
Germaniyaning Bad-Xomburg shahrida o'tkazilayotgan tennis turniri o'zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Dunyoning birinchi raketkasi Iga Svyontek kutilmaganda 1/2 final uchrashuvida kortga chiqa olmadi. Bunga uning o'zini yomon his qilishi sabab bo'lgan.
"Afsuski, bugungi uchrashuvda ishtirok eta olmayman. Isitma sabab kechasi bilan uxlay olmadim. Katta ehtimol bilan ovqatdan zaxarlangan bo'lsam kerak. O'z salomatligim haqida qayg'urishim kerak. O'ylaymanki, tez orada hammasi yaxshi bo'ladi. Bad-Xomburgdagi muhit ajoyib bo'ldi", - deya o'zining Twitter sahifasida xabar qoldirgan Svyontek.
SHu tariqa, italiyalik Lyuchiya Broncetti kurashsiz musobaqa finaliga yo'l oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar