03 dek 11:20
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Bugun Manchester Final Gran-prisi yakunlanadi, unda 3 nafar taekvondochimizga muxlislik qilamiz
Bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo bo'yicha G10 tasnifidagi final Gran-pri yakunlanadi.
Musobaqaning ikkinchi, so'nggi kuni doirasida uch nafar sportchimiz — Nikita Rafalovich, Feruza Sodiqova hamda Svetlana Osipova dayanga ko'tariladi.
Hamyurtlarimiz musobaqani quyidagi raqiblariga qarshi boshlaydi:
-67 kg: nimchorak final. Feruza Sodiqova - Rut Gragbi (Irlandiya) (Bahs 15:25 dan so'ng boshlanadi)
+67 kg: nimchorak final. Svetlana Osipova - Kancel Deniz (Qozog'iston) (Bahs 15:35 dan so'ng boshlanadi)
+80 kg: nimchorak final. Nikita Rafalovich - Ivan Garsiya Martinez (Ispaniya) (Bahs 16:00 dan so'ng boshlanadi)
Janglar vaqti taxminan hisoblangan.
Musobaqani YouTube platformasidagi World Taekwondo kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar