04 dek 10:45
Yangiliklar
Taekvondo ITF. Jahon kubogida 8ta oltin, kurash davom etadi
Dunyoning 22ta davlatidan jami 1300 nafar sportchi qatnashayotgan yilning so'nggi nufuzli musobaqasida O'zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoasi ham to'liq tarkibda (47 nafar) ishtirok etyapti.
Hamyurtlarimiz kechagi kungi bahslardan so'ng 8ta oltin medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
O'z vazn toifalarida Jasurbek Salimov (45 kg), Malika CHorieva (63 kg), Kamronbek Toxirov (40 kg), Ruxshona Saidova (29 kg), Zarguna Axrorqulova (35 kg), Mahfuza Jumaboeva (40 kg) oltin medal bilan taqdirlanishdi.
Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr CHetvertikov ham shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarilishdi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumush medalga sazovor bo'ldi.
Terma jamoamiz azolaridan Denis Kim, Evgeniy Kim, Gulijon Bahromova (46 kg), Nafisa Usmonova (23 kg) va Oygul Bolat (52 kg) bronza medali bilan Toshkentga qaytishadi.
Fikrlar