08 may 12:10
Yangiliklar
Taekvondo. JCHga tayyorgarlikning bosqichi Xumsonda bo'lib o'tmoqda
5-19 may kunlari o'tadigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Ushbu jahon chempionati Tokio Olimpiadasiga yirik reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatli. SHu bois ham unda jahonning eng kuchli taekvondo ustalari jam bo'ladi. Terma jamoamiz vakillari mazkur musobaqaga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini olib borishmoqda.
Bugun Xumson dam olish maskanida tog'dagi so'nggi yig'in yakunlanadi. SHundan so'ng sportchilarimiz O'zbekiston taekvondo associaciyasiga qarashli «Universal» sport majmuasida oxirgi mashg'ulotni o'taydilar va 13 may kuni Manchester shahriga yo'l olishadi.
Jahon chempionatida qatnashadigan tarkibimiz:
Erkaklar:
-54 kg: Valentin Xegay
-58 kg: Suhrob Bobobekov
-74 kg: Nikita Rafalovich
-80 kg: SHuhrat Salaev
-87 kg: Maksim Rafalovich
+87 kg: Dmitriy SHokin
Ayollar:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-53 kg: CHaros Qayumova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Nigora Tursunqulova
+73 kg: Svetlana Osipova
Fikrlar