02 dek 21:48
Yangiliklar
Taekvondo
Taekvondo. Manchester final Gran-prisining ilk kunida SHuhrat Salaev chorak finalga qadar etib bordi
Xabar berganimizdek, bugun Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida taekvondo WT bo'yicha yilning so'nggi Gran-pri musobaqasi start oldi.
Musobaqaning ilk kuni doirasida -80 kg vazn toifasida terma jamoamiz azosi SHuhrat Salaev dayanga ko'tarildi.
U dastlab, nimchorak final bosqichida tunislik Firas Katusiga qarshi jang qildi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
CHorak finalda esa Salaevga Tokio 2020 Olimpiadasi finalchisi, iordaniyalik tajribali Solih Elsharabati raqiblik qildi. Afsuski, ushbu dramatik jangda Salaev 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
SHunday qilib, Manchester Final Gran-prisining ilk kuni terma jamoamiz uchun medalsiz yakunlandi.
Turnirning ertangi kuni doirasida Nikita Rafalovich, Feruza Sodiqova hamda Svetlana Osipova jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar