07 fev 08:05
Yangiliklar
Taekvondo. Qozog'istondagi turnirdan 28ta medal bilan
O'nga yaqin davlat sportchilari qatnashgan musobaqa 7 yoshdan 16 yoshgacha bo'lgan o'smir taekvondochilar o'rtasida tashkil etildi. Unda Dmitriy Pak murabbiyligidagi mamlakatimiz o'smirlar terma jamoasi ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi.
Yakunda terma jamoamiz azolari jami 28ta medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi. Medallarning 14tasi oltin, 7tasi kumush va yana shunchasi bronza ekanligi kishini quvontiradi.
Terma jamoamiz taekvondochilari medallar jamg'arish bo'yicha Rossiya, Belarus, Qozog'iston sportchilarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'lishdi.
Sportchilarimizdan Zarguna Axrorqulova va Vladimir Li 2tadan oltin medalni qo'lga kiritgani diqqat sazovor.
Fikrlar