01 noy 08:10
Yangiliklar
Taekvondo. Sochi Open turniridan medallar shodasi bilan
Har yili ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan musobaqada 6ta davlatdan sportchilar dayanga chiqishdi. Ular orasida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham to'liq tarkibda ishtirok etishdi.
Sakkiz yoshli bolalar o'rtasida Oyatilloh Akromov 28 kg vazn toifasida masogi bahslarida oltin medalni qo'lga kiritdi. Bolat Oygul ham shu yo'nalishda chempionlik shoxsupasiga ko'tarildi. Zuhra Ergasheva kattalar o'rtasidagi til bahslarida 2ta oltin medalga ega bo'ldi.
Hamidulla Lutfullaev, Ibrohim Nig'monov til yo'nalishida bronza medaliga sazovor bo'ldi. 10-11 yoshlilarning masogi bahslarida o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazgan Bolat Bahovuddin 39 kg vazn toifasida bronza medali bilan taqdirlandi.
Fikrlar