26 iyu 10:30
Yangiliklar
Taekvondo
![](/upload/storage/14860_220.jpg)
Taekvondo. Tursunqulova g'alaba bilan boshladi
SHu kunlarda Janubiy Koreyaning Muju shahrida taekvondoning WTF yo'nalishi bo'yicha jahon chempionati o'tkazilyapti.
Bugun musobaqaning uchinchi kungi bahslarida hamyurtlarimizdan Nigora Tursunqulova ham o'z ishtirokini boshladi. -67 kg vazn toifasidagi vakilamiz Nigora Tursunqulova ikkinchi davradan bahslarga kirishdi.
U bu bosqichda sloveniyalik Dunya Lemajichni 22:4 hisobida mag'lub etdi. Birozdan so'ng Nigora nimchorak final uchrashuvida turkiyalik Nur Tatarga qarshi dayanga chiqadi. Tatar eronlik Melika Mirxosseynini 4:2 hisobida engdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar