20 fev 10:45
Yangiliklar
Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari Janubiy Koreyaga borishadi
Jamg'arma raisi Sang Vuk Li boshchiligidagi delagaciya tarkibida ilmiy tadqiqot idorasi menejeri Kim Xyun-Vu, Kang Seuk Kim, taekvondo talimi targ'ibot fondi vakili Jung So Lim universitet rahbariyati bilan uchrashdi.
O'quv ishlari bo'yicha prorektor Davlatboy Jumaboev, Xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Rasul Rahmonov, Taekvondo va sprot faoliyati fakulteti dekani Vladimir Rahimov hamkorlik istiqbollari haqida gapirdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – yangi fakultetning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, taekvondo sport turi bo'yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha zarur imkoniyatlar yaratish hamda fakultet talabalarining Janubiy Koreyaga 1 oylik o'quv kursiga borib kelishini taminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Uchrashuv davomida jamg'arma raisi Sang Vuk Liga “O'zbekiston Milliy universiteti faxriy doktori” unvoni berildi.
Tadbir so'ngida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
Fikrlar