31 avg 23:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Taekvondo WT. Kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatining so'nggi kunida Axadjon Muxtorov ham oltin medal qo'lga kiritdi, musobaqani tarixiy natija bilan yakunladik
28-31 avgust kunlari Bosniya va Gercegovina poytaxti Saraevo shahrida taevkondo WT bo'yicha kadetlar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Musobaqada O'zbekiston kadetlar terma jamoasi ham ishtirok etib, 2 ta oltin medalni qo'lga kiritdi.
Bahslarning ilk kunida -152 sm'da Islombek Akchurin oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, bugun Ahadjon Muxtorov (-180 sm) shohsupaga ko'tarildi.
Ahamiyatlisi, bu O'zbekiston kadetlar terma jamoasi uchun tarixiy natijaga aylandi, boisi, bungacha o'tkazilgan kadetlar o'rtasidagi jahon chempionatlarida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga ega chiqmagan edi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar