10 apr 07:58
Yangiliklar
Taekvondo (WTF). Tunisda o'smirlar o'rtasida jahon chempionati start oldi
Dunyo birinchiligida jahonning 156ta mamlakatidan 1000dan ziyod sportchi ishtirok etadi. Ular qatorida o'zbekistonlik yosh taekvondochilar ham sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkib bilan ishtirok etadi:
O'smirlar:
-45 kg: Amir To'raev
-48 kg: Begzod Ibragimov
-51 kg: Ulug'bek Rashidov
-55 kg: SHahzod Jo'raev
-59 kg: Danil Morozov
-63 kg: Jasur Jaysunov
-68 kg: Diyor Tuxliboev
-73 kg: Abdulaziz Hamidullaev
Qizlar:
-44 kg: Intizor Abduhalimova
-46 kg: Madinabonu Mannopova
-49 kg: Aziz SHamsieva
-52 kg: Ozoda Sobirjonova
-55 kg: Durdona Abdulhaeva
-63 kg: Feruza Sodiqova
Murabbiylar: Sobir Nazaraliev va Jasur Boykuziev.
Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun oldin Hammamedning o'zida III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqa tashkil qilingandi. Unda -48kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ulug'bek Rashidov oltin medalni qo'lga kiritib, Argentinada bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarga yo'llanmani qo'lga kiritgandi.
Fikrlar