So’nggi yangiliklar

08:03Total Chess. Абдусатторов иштирок этган турнирда 1/2 финалчилар аниқланди 0 07:32Миллатлар лигаси. Италияда йирик мағлубият, Зидан шогирдлари зафар қучишди, Испания ниҳоят ютқазди 0 07:01Шара Буллет UFC`да 100 миллионга жангда ютқазишни таклиф қилишгани ва ҳатто рақибни ҳам айтиб ўтди 0 18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0

15 okt 15:50
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondo. Yangi muhtasham majmuada ilk musobaqa o'tkazilyapti

Poytaxtimizdagi O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi hududida qad rostlagan “Universal” sport majmuasida respublika turniri bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Kecha ushbu muhtasham sport arenasida o'tkazilgan ilk turnirning ochilish marosimida Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy Olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston Paralimpiya associaciyasi, SHarq yakkakurashlari va jang sanatini rivojlantirish respublika markazi, sport federaciyalari rahbarlari bilan bir qatorda Janubiy Koreyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U, Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi korxonalari vakillari ham ishtirok etishdi.

Dastlab maydon markaziga Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jam bo'lgan 300 nafarga yaqin sportchi chiqib kelishdi. O'smirlar o'rtasidagi o'tayotgan mazkur turnirda o'g'il-qizlar 10tadan vazn toifasida kuch sinashish uchun yig'ilganini aytib o'tish lozim.

Dastlabki kuni 8 vazn toifasida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. Unga ko'ra, o'smirlar bahsida poytaxt yoshlaridan tashqari, Toshkent, Farg'ona, Samarqand viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi vakillari peshqadamlik qilgan bo'lishsa, qizlar bahsida Toshkent, Namangan, Farg'ona, Sirdaryo viloyati sportchilari shohsupadan o'rin egallashdi.

O'g'il bolalar

45 kg

1. Doniyor Yo'ldoshev (Toshkent viloyati)

2. SHerdor Arslonov (Toshkent viloyati)

3. Ulug'bek Rashitov (Toshkent)

3. Fozilbek Soatboev (Qoraqalpog'iston)

48 kg

1. SHahzod Sayfiev (Toshkent)

2. Bahodir Mirzaboev (Farg'ona)

3. Abdulbosit Mamatxonov (Andijon)

3. Ismoil Qurbonov (Samarqand)

51 kg

1. Kamoliddin Rahmataliev (Farg'ona)

2. SHohrux Tursunboev (Toshkent)

3. Behzod Abdurahmonov (Toshkent viloyati)

3. Ravshan Ikromov (Toshkent)

73 kg

1. Islom Yo'ldoshev (Qoraqalpog'iston)

2. Abdulaziz Mahmudov (Namangan)

3. Abbos Qo'shboqov (Jizzax)

3. Dostonjon CHilmuhammedov (Jizzax)

78 kg

1. Erkin Abdullaev (Toshkent)

2. Xurshid Olimjonov (Toshkent)

3. Ramil Seydametov (Qoraqalpog'iston)

3. Bobur O'rolov (Andijon)

Qizlar

42 kg

1. Dinora Muxtorova (Toshkent viloyati)

2. Intizor Abdulalimova (Namangan)

3. Gulgina Bektosheva (Farg'ona)

3. Jasmina Mamayusupova (Toshkent viloyati)

46 kg

1. Farida Berdieva (Toshkent)

2. Sevinch Muhammadjonova (Namangan)

3. Muxlisa Jumanova (Toshkent viloyati)

3. Zulayho Yusupova (Jizzax)

68 kg

1. Muhayyo Sirojiddinova (Sirdaryo)

2. Visola Hosilova (Toshkent viloyati)

3. Mo'tabar Nomozova (Toshkent viloyati)

3. Sevara Ummatqulova (Sirdaryo)

Respublika turnirining birinchi kuni g'olib va sovrindorlariga Koreya Respublikasi elchisining maxsus sovrinlari, tegishli darajadagi sertifikatlar, g'olibga “Samsung” telefonlari, sovrindorlarga taekvondochilar libosi – tabok topshirildi. Bahslar bugun o'z yakuniga etadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing