So’nggi yangiliklar

19:02"Барселона" ва "Ливерпуль" бир ўйинчи учун курашади 0 18:41UFC 310 турнирининг тўлиқ карди маълум қилинди 0 18:20Макс Ферстаппен — Формула-1 2024 йилги мавсум чемпиони! 0 17:59Аёллар курашида барча вазнларда ғолиблар маълум бўлди + ФОТО 0 17:38Холанд 850 минг сўм сабаб қамоққа тушиши мумкин 0 17:17Ўзбекистон чемпионатида медаллар жамғариш бўйича қайси вилоят биринчи бўлди? 0 16:56Расман! UFC 311 турнири учун қизиқарли жанг эълон қилинди 0 16:35Мераб Двалишвили Петр Ян билан қачон жанг қилмоқчи эканини айтди 0 16:14Аморим: "Мен ўзини босслардек кўрсатишни хоҳлайдиганлардан эмасман" 0 15:53Чавандозларимизнинг навбатдаги ғалабаси 0 15:32Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг барча ғолиб ва совриндорлари маълум + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:11"Ундан қўрқдим!". Тайсон Фьюри нима учун стердаун вақтида Усикка қарамагани ҳақида гапирди 0 14:50"Арсенал" "Милан" етакчиларидан бирини нишонга олди 0 14:29Prezident Kubogi. Нодирбек ҳиндистонлик рақибга қарши, Синдаров эса дербидаги ўйинини бошлади 0 14:08Петр Ян: "Энди нима дейсан?" 0

05 avg 08:29
Yangiliklar

Taekvondo

Taekvondochilarimiz nechta Olimpiada yo'llanmasiga ko'z tikishyapti?

Yana bir yildan keyin, xuddi shu kunlarda butun dunyo sport jamoatchiligi nigohi Yaponiyaning Tokio shahriga qaratilgan bo'ladi, desak mubolag'a qilmaymiz.

Boisi, kelgusi yilning shu paytlarida kunchiqar yurtda hisob bo'yicha XXXII yozgi Olimpiya o'yinlari o'tayotgan bo'ladi. Unda mamlakatimiz atletlari ham dunyoning eng kuchli sportchilari qatorida to'rt yillikning eng nufuzli turniri g'olibligi uchun kurashayotgan bo'lishadi.

Xo'sh, ayni paytda Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz bo'lajak musobaqaga qanday hozirlik ko'rmoqda? Tokio olimpiadasida terma jamoamizning imkoniyatlari qay darajada? SHu va boshqa ko'plab savollarga javob topish maqsadida O'zbekiston Milliy axborot agentligi O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bilan hamkorlikda “Tokio-2020 oldidan” ruknini yo'lga qo'ydi. Unda Olimpiya turlari bo'yicha terma jamoalarimizning olib borayotgan tayyorgarlik jarayoni, licenzion musobaqalar hamda ularda atletlarimizning ishtiroki haqida turkum materiallar berib borish rejalashtirilgan. Quyida O'zbekiston taekvondo WT terma jamoasi haqida so'z yuritamiz.

Taekvondochilarimiz Olimpiya o'yinlarida

Sportning taekvondo WTF turi tarixi uzoq o'tmishga borib taqalmaydi. Ushbu sport turiga o'tgan asrda asos solingan. SHunga qaramay taekvondo WTF dunyoda jadal suratlarda ommalashib bordi va ilk marotaba 2004 yilga kelib, yani Greciyaning Afina shahrida o'tgan XXVIII yozgi Olimpiya o'yinlari dasturiga rasman kiritildi. SHundan beri taekvondo WTF Olimpiya o'yinlari dasturidan muqim joy olib kelmoqda.

O'zbekistonlik atletlar ham ushbu sport turida jahonda doimiy etakchilar safida tilga olinishmasa-da, ammo o'z o'rnilariga ega. Har holda yurtimizdan bir nafar bo'lsa-da jahon chempioni (Dmitriy SHokin), qolaversa bir qator sovrindorlarning (Akmal Ergashev, Jasur Boyqo'ziev, Nikita Rafalovich) etishib chiqqanligi fikrimizni tasdiqlaydi.

Snimok11.JPG

Olimpiya o'yinlarida ham O'zbekiston terma jamoasi azolari muntazam ishtirok etib kelmoqda. CHunonchi, 2004 yilgi olimpiada o'yinlarida ikki nafar (Irina Kaydashova, Natalya Mikryukova) atletimiz qatnashgan bo'lsa, Pekin olimpiadasida yurtimiz sharafini Dmitriy Kim, Akmal Ergashev hamda Evgeniya Karimovalar himoya qilishgan. Ular orasida Akmal Ergashev bronza medali uchun bahsda Nigeriya vakiliga kichik hisobda imkoniyatni boy bergan va medalsiz qolgan.

2012 yilgi London olimpiadasida ham 3 nafar vakilimiz ishtirok etdi. Erkaklar tarkibi o'zgarmadi, yani Kim va Ergashev. Faqat Karimovaning o'rniga Natalya Mamatova olimpiadaga yo'l oldi. Ammo, bu safar ham vakillarimiz quruq qo'l bilan qaytishdi.

Snimok10.JPG

Rio-2016 olimpiadasiga kelib terma jamoamiz tarkibi butunlay o'zgardi. Endi terma jamoadan jahon chempioni Dmitriy SHokin, shuningdek Nikita Rafalovich hamda 17 yoshli qizimiz Nigora Tursunqulova joy oldi. Ko'pchilik amaldagi jahon chempioni va o'sha vaqtda dunyo reytingida etakchilardan biri bo'lgan Dmitriy SHokinning kamida sovrindor bo'lishini kutishgandi. Amalda unday bo'lmadi, nomdor sportchimiz chorak finalda yutqazib qo'ydi, keyin bronza medali uchun kechgan jangda ham sportchimizdan omad yuz o'girdi. Nigora Tursunqulova nimchorak finaldayoq o'z yurishini to'xtatdi. Nikita Rafalovich esa dastlabki bosqichda kurashdan chiqib ketgandi.

Xullas, hozircha taekvondochilarimizga Olimp cho'qqisini zabt etish tugul shohsupaga ko'tarilish ham nasib etmagan. Ammo, ko'ngilga umid bag'ishlovchi mujdalar ham yo'q emas. CHunonchi, o'tgan yili Argentinada o'tkazilgan III o'smirlar yozgi olimpiadasida hamyurtimiz Ulug'bek Rashitov kumush medalga sazovor bo'ldi. Bu xayrli ananani uning terma jamoadagi aka va opalari davom ettirishiga umid qilib qolamiz.

Snimok9.JPG

Associaciyadagi o'zgarishlar va islohotlar

Xabaringiz bor, shu yilning may oyida Angliyaning Manchester shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi o'ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. So'nggi yillardagi jahon chempionatlarida hamyurtlarimizning muntazam sovrindorlar safidan joy olishiga ko'nikib qolgan ekanmizmi, bu natijani hech kim qabul qilolmadi. Natijada O'zbekiston taekvondo WT associaciyasida katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Eng avvalo associaciya rahbari istefoga chiqarildi. Uning o'rniga O'zbekiston boks federaciyasidagi faoliyati orqali sport muxlislariga yaxshi tanish SHerzod Toshmatov tayinlandi.

SHuningdek, terma jamoa murabbiylar shtabi ham yangilandi. Yurtimizga yagona jahon chempioni Dmitriy SHokinni tarbiyalab bergan mahoratli mutaxassis, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi Faxriddin Umarov mamlakat taekvondo WT terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

Snimok7.JPG

Navbatdagi mashg'ulotlar yakunlangach terma jamoa bosh murabbiyi Faxriddin Umarov hamda etakchi sportchilarmiz – Dmitriy SHokin va Nigora Tursunqulovalar bizni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Faxriddin Umarov: “Terma jamoa yaxlit bir oila bo'lishi kerak”

– Avvalo meni shunday masuliyatli lavozimga loyiq ko'rgani uchun Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman. Bu lavozim zimmamga katta masuliyat yuklaydi. Albatta, o'zini vatanparvar deb hisoblagan har qanday inson, har qanday murabbiy bunday paytda chetda qarab turmaydi, masuliyatni, kerak bo'lsa javobgarlikni o'z bo'yniga oladi. Bunday murabbiylar yurtimizda juda ko'p. Xudo hohlasa qo'limdan kelguncha terma jamoani kuchaytirishga harakat qilaman. Birinchi navbatda terma jamoada manaviy muhitni yaxshilashga harakat qildik. Terma jamoa – bu yaxlit bir oila bo'lishi, undagi sportchilar esa bir-biri bilan xuddi aka-uka, opa-singildek munosabatda bo'lishi, ustoz-shogird ananalari yaxshi yo'lga qo'yilishi kerak. Sportchilarning avvalo manaviyati kuchli bo'lishi, tartib-intizomga qattiq rioya qilishi va eng muhimi Vatani, xalqi oldidagi masuliyatni his qilishi lozim. Tokio olimpiadasi boshlanishiga ham juda kam vaqt qoldi, atigi bir yil. Bu vaqt ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi. Olimpiadaga borishdan avval unga licenziyani qo'lga kiritish kerak.

Snimok6.JPG

Oldimizda licenzion turnirlar bilan birga G-1, G-2 musobaqalari turibdi. Ularda muvaffaqiyatli qatnashgan holda kerakli reyting ochkolarini qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Bu oldimizda turgan birlamchi vazifa. Terma jamoaga yaratilgan sharoitlar alo darajada. Jamoa to'liq shakllangan, tarkibdan jahon chempioni, ikki karra jahon chempionati sovrindorlari, Osiyo o'yinlari g'oliblari o'rin olgan. Qizlarimiz ham jahon va Osiyo chempionatlari, qolaversa yirik xalqaro turnirlarning g'olib va sovrindorlari, bir so'z bilan aytganda tarkib juda kuchli. Terma jamoa azolarining shu kunga qadar olib borgan tayyorgarlik bosqichlarini, qolaversa Manchesterdagi jahon chempionatida yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarini chuqur tahlil qilgan holda har bir sportchiga alohida yondashuv asosida mashg'ulotlar dasturini ishlab chiqdik. Busiz maqsadga erishish qiyin. CHunki, bugun taekvondo butun dunyoda jadallik bilan o'sib bormoqda. Qolaversa, hakamlikdagi qoidalar ham o'zgarib boryapti. Bunga ham tayyor turishimiz kerak. Bejiz bunga to'xtalganim yo'q. CHunki Rio olimpiadasidan oldin ham shunday o'zgarishlar kuzatilgan. SHu sababli associaciya rahbariyati bilan kelishilgan holda terma jamoa uchun Hakamlar hayati raisi ishtirokida maxsus seminarlar ham tashkil etishni rejalashtirganmiz. Negaki bu faqat foydamizga xizmat qiladi.

– Faxriddin aka, hozir terma jamoada katta o'zgarishlar qilishga imkoningiz yo'q. SHunday ekan, hozirgi tarkibdan kimlarning Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatlarini yuqori deb hisoblaysiz?

Snimok5.JPG

– To'g'ri takidladingiz, hozir terma jamoada katta o'zgarishlarni qilishga imkoniyat ham, vaqt ham yo'q. Tarkibni yoshartirganimiz bilan ular hali olimpiada yo'llanmasi uchun kerakli reyting ochkolarini yig'ishga ulgurmasligi mumkin. Ammo, terma jamoa atrofida iqtidorli yoshlarni jamlashga harakat qilyapmiz, negaki ular kelajagimiz. Hozirgi tarkibga keladigan bo'lsak, Dmitriy SHokinning imkoniyatlari yomon emas. Nikita Rafalovichda juda yaxshi imkoniyat bor, u hozirgi reytingda 4-o'rinni egallab turibdi. Bu to'g'ridan-to'g'ri Tokio-2020 olimpiadasiga yo'llanma beradigan pog'ona hisoblanadi. Uning akasi Maksim Rafalovich, qizlarimizdan Nigora Tursunqulova, Madinabonu Mannopova, keyingi paytlarda reytingda yaxshi ko'tarilishga erishgan Svetlana Osipova, iqtidorli qizlarimizdan biri CHaros Qayumovalar ham Olimpiya o'yinlariga beriladigan yo'llanmalarga davogarlik qilishiga ishonaman. Qolganini vaqt ko'rsatadi. Maqsadimiz – Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlagan holda Tokio olimpiadasida O'zbekiston bayrog'ini yuqoriga ko'tarish.

Dmitriy SHokin: “Riodan oldin ko'pchilik meni g'alaba qozonishimni aytgan”

– Dima, siz, terma jamoamiz tarkibidagi eng tajribali sportchilardan biri sanalasiz. Qolaversa, jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo'lgan kam sonli atletlardansiz. Nafaqat, taekvondo sporti orasida, balki mamlakatimizda jahon chempionligiga erishgan oz sonli sportchilar sirasiga kirasiz. Bunday masuliyatni ko'tarib yurish sizga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

Snimok4.JPG

– Bilaman, bu juda ham katta masuliyat. Oldin shaxsiy murabbiyim sifatida faoliyat olib borgan Fahriddin Umarov endilikda terma jamoada bizga murabbiylik qilyapti. Mashg'ulotlar juda ham yaxshi o'tmoqda. Ushbu tayyorgarlik davomida bir narsaga alohida etibor qaratmoqdamizki u ham bo'lsa, oldingi safar qilgan xatolarimizni takrorlamaslik. Hozir oldimizda juda ham ko'p musobaqalar bor. Va ana shu musobaqalarda g'alaba qozonib olimpiya o'yinlari uchun reyting ochkolarini qo'lga kiritishdan umidimiz bor.

– Terma jamoamizdagi etakchi sportchi sifatida Manchesterdagi jahon chempionatida bizning sportchilarimizga nima etishmadi deb hisoblaysiz.

– O'ylaymanki, u erdagi musobaqada sportchilarimizga tajriba etishmadi. Masalan, qizlarimiz birinchi bahslarining o'zidayoq ikki karra jahon chempionlari yoki bo'lmasam, olimpiada o'yinlari sovrindorlari bilan jang qilishga to'g'ri kelib qoldi. Albatta, bunday jarayonda tajribaliroq sportchi g'alabani qo'lga kiritdi. Musobaqa yakunida esa aynan bizning sportchilarga raqiblik qilgan taekvondochilar yo oltin, yo kumush medaliga egalik qilishdi.

– Rio olimpiadasida beshinchi o'rinni qo'lga kiritgansiz. Bu safar qanday natijalarni kutishimiz mumkin?

– Yo'q. Bu safar oldindan biror gap ayta olmayman. CHunki Riodan oldin ko'pchilik meni g'alaba qozonishimni aytgan edi. Balki shu uchundir ham chempion bo'la olmagandirman. Avval Tokio licenziyasini qo'lga kiritay, keyin natija haqida gaplashamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing