29 iyu 08:08
Yangiliklar
Taekvondo

Taekvondochilarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli yakunlashdi
Malayziyaning Kuching shahri mezbonlik qilgan taekvondo WT bo'yicha Osiyo chempionati biz uchun nihoyasiga etdi.
Musobaqa dasturiga ko'ra, kecha o'smirlar o'rtasidagi bellashuvlar davom ettirildi. Unda sportchilarimiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
G'olib va sovrindorlar:
Oltin:
Biloliddin SHarofiddinov (61 kg).
Bronza:
Malika Ro'zieva (29 kg)
Soliha Tohirova (51 kg).
Bahslar yakuniga ko'ra, o'smir yigitlar jamoamiz musobaqaning eng yaxshi uchinchi jamoasi deb topildi.
SHu tariqa, Osiyo chempionatini yoshlarimiz 3 ta (1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza), o'smirlarimiz esa 7 ta (3 ta oltin, 4 ta bronza) medal bilan yakunlashdi.
Havola :
Manba : t.me/uzbtaekwondowt
Fikrlar